insurez
24-12-2025 17:11

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
Unda tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tegishli soha va tashkilotlarning mas’ul rahbarlari tomonidan hisobot va axborotlar taqdim etildi. 
Deputatlar tomonidan bildirilgan savollarga batafsil javoblar berilib, masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Muhokama jarayonida komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. 
Shundan so‘ng, ko‘rib chiqilgan barcha masalalarni xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Teglar
- -