insurez
18-03-2025 16:49

Chortut mahallasida turizm sohasi va drayver yo'nalishlarini yanada rivojlantirish yuzasidan istiqbolli rejalar belgilandi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig'i O.Azimovlar "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

O'rganishlar doirasida navbatdagi manzil tumanning olis Chortut mahallasi bo'ldi.

Tuman rahbari ushbu mahalla yettiligi a'zolari faoliyati, hudud aholisining o'z tomorqalaridan nechog'li unumli foydalanayotganlik holatini ko'zdan kechirib, mahallada "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida sabzavot ekinlarini joylashtirish va yuqori daromadga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, parrandachilik hududdagi eng istiqbolli va asosiy yo'nalish ekanligi qayd etilib, hududni parrandachilik drayveriga aylantirish borasida kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Dam olish maskanlari, qishloq turizmi sohalarini rivojlantirish, bu boradagi mikroloyihalar ko'lamini kengaytirish istiqbollari muhokama etilib, kerakli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va ko'rsatmalar berildi.
 

Teglar
- -