insurez
23-04-2025 19:26

Chortut mahallasi hududini turistik markazga aylantirish istiqbollari o'rganildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tegishli mas'ullar ishtirokida Chortut mahalasi hududini sayyohlik markaziga aylantirish bo'yicha manzilli o'rganishlar olib bordi.
 

O'rganishlar davomida tuman rahbari hududning tabiiy salohiyati, infratuzilma holati, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli rejalar bilan tanishdi.
 

Chortut qishlog'i o'zining betakror tabiati, tog'-yonbag'irlaridagi landshaftlar, toza havo va ekologik jihatdan sog'lom muhit bilan sayyohlar e'tiborini o'ziga jalb etib keladi. Shu bois, ushbu hududni ichki va tashqi turizm markaziga aylantirish borasida qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
 

Tuman rahbari mas'ullarga hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, transport yo'llarini sozlash, ko'plab yangi turistik yo'nalishlar va dam olish maskanlarini tashkil etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Ushbu tashabbus Nurobod tumanida turizm salohiyatini yanada oshirishga, yangi ish o'rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Teglar
- -