insurez
15-08-2024 18:31

Bunyodkor mahallasida qo‘shimcha bog‘cha binosi qurilmoqda


Ayni kunlarda Nurobod tumani Bunyodkor MFYda joylashgan 7-son maktabgacha ta’lim muassasasi uchun qo‘shimcha bino qurilish ishlari jadal ruhda davom etmoqda.

Bugun Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov hududga tashrif buyurib, ushbu yangi bino loyihasi, qurilish ishlarining borishi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Sektor rahbari quruvchilarga ushbu bunyodkorlik ishlarida shijoat va g‘ayrat tilab, bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha kerakli sharoit va imkoniyatlar yaratib berilishini alohida ta’kidladi.

Teglar
- -