insurez
03-03-2025 09:34

Bugundan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlandi


Prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilangan.

Qanday ariza topshiriladi?

- Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borib;

- Yoki onlayn tarzda my.gov.uz portalida quyidagi havola orqali: my.gov.uz/oz/service/325

Ariza topshiruvchi va uning yaqin qarindoshlari (arizada ko‘rsatilgan hollarda) uchun o‘rtacha daromad:

Ariza topshiruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida butun Respublika hududida mulk huquqi bilan turar joy bo‘lmasligi lozim.
 

Teglar
- -