Bugun tinglandi — ertaga amalga oshadi: fuqarolar murojaati nazoratda
Nurobod tumanida aholining turmush farovonligini oshirish, ularning muammolariga joyida yechim topish va davlat idoralari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida har kuni erta tongdan fuqarolar qabullari tashkil etib kelinmoqda.
Bugun ham Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kadastr, ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, maktabgacha va maktab ta’limi, uy-joy qurilishi, obodonlashtirish, ijtimoiy yordam va boshqa yo‘nalishlarga oid jami 50 ga yaqin murojaatlar tinglandi.
Bir qator murojaatlar shu yerning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, batafsil o'rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.