insurez
03-06-2024 18:58

Bugun Nurobod tumani hokimligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo‘linmasi rahbari J.Sodiqov va mas’ullar ishtirokida 2024-yilning birinchi choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo‘linmasi rahbari J.Sodiqov va mas’ullar ishtirokida 2024-yilning birinchi choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. J.Sodiqovning ta’kidlashicha, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo‘linmasi tomonidan 2024-yilning o'tgan davri mobaynida tumanda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ma’naviyat va ma’rifat kengashi “Yo‘l xaritasi” hamda Markazning tuman bo‘linmasi “Ish rejasi” ga muvofiq, hududlardagi mahalla, ta’lim muassasalari, korxonalar, davlat va jamoat tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati tahliliy o‘rganib chiqildi. Tumanda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 100 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari”, “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir”, “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida mahallalarda 50 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari, “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzularida davra suhbatlari hamda “Yoshlar ekstremizmga qarshi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida uchrashuvlar o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi. Tumandagi 39 ta mahallada aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida mahalla kutubxonalari tashkil qilindi. Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo‘linmasi tomonidan yoshlarni milliy qadriyat va urf odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Anjuman yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha yo‘llangan savollarga J.Sodiqov tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -