insurez
24-03-2025 22:36

Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov Nurobod tumanida qurilishga oid davlat dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish investitsiya dasturlari ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi


Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov Nurobod tumanida qurilishga oid davlat dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish investitsiya dasturlari ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Tumanning Boshquduq mahallasida viloyat va tuman mas’ullari ishtirokida tumanda bajarilayotgan qurilish, bunyodkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi, qurilishda mahalliy mahsulotlar ishlatilishi hisobiga uy-joy tannarxini tushirish, sifatsiz bajarilgan ish turlarini qisqa muddatda bartaraf etish, Nurobod-Damxo‘ja suv inshootlari va 45 km ichimlik suv tarmoqlarini sifatli qurish ishlari bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Investitsiya dasturlari asosida bunyod etilayotgan obyektlarni hamda ko‘p qavatli turar-joylarni qurish va foydalanishga topshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
 

Teglar
- -