Bu muqaddas Vatanda azizdir inson!
Bugungi kunda yurtimizda inson sha’ni, qadr-qimmati tushunchalari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, ehtiyojmand fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish, baxtli va farovon turmush kechirishlarini ta’minlash eng muhim va ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
Bugun Nurobod tumanida ham ana shunday xayrli ishlardan biriga qo'l urildi.
Tuman hokimi S.Berdiqulov Amir Temur mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan, nogironligi bor fuqarolar xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.
Ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachasi, oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg'alari topshirilib, samimiy duolari olindi.