Boshquduqliklarning murojaat va takliflari tinglandi
Nurobod tumanining Boshquduq mahallasida tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov va tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar uchun sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlar asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, imtiyozli kreditlar olish va tibbbiyot kabi masalalar yuzasidan yo'llandi.
Murojaatlarning ijobiy va qonuniy yechim topishi, aholi roziligini ta'minlash, zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.