📣“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”ga marhamat!
Hurmatli Nurobodliklar!
Ertaga, 4-fevral kuni soat 10:00 dan boshlab Nurobod tumani Tepaqul mahallasida joylashgan "Schelkovo Agrohim — Uzbekiston" MCHJ qo‘shma korxonasi hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan tumandagi barcha ishsiz yoshlar va fuqarolarni mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — keling, ko‘ring va o‘zingizga munosib ish o‘rnini toping!
Murojaat uchun: +998997370211




