insurez
10-10-2024 17:49

"Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi


Nurobod tumanida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan turli uchrashuv va muloqotlar tashkil etilib, ularni  qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bugun tuman  bandlik bo'limi bilan hamkorlikda "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda tumandagi korxona va tashkilotlar o'zlaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, yoshlarning tumandagi tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalariga tashrifi hamda ilg'or va tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Yakunda ishlash istagini bildirgan 5 nafar yoshning bandligi ta'minlanib, o'zlariga mos ish o'rinlariga joylashtirildi.

Teglar
- -