insurez
21-01-2025 16:59

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish uchun ariza topshirsam qancha miqdorda pensiya olishim mumkin?


Boquvchim vafot etdi. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish uchun ariza topshirsam qancha miqdorda pensiya olishim mumkin?

Qonunchilikka muvofiq boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etgan boquvchining ish staji va ish haqidan kelib chiqib tayinlanadi. Demak, ushbu pensiya miqdori qancha bo‘lishi vafot etgan boquvchining mehnat faoliyati davridagi ish staji va ish haqiga bog‘liq.

Bugungi kunda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 745 000 so‘m etib belgilangan.
 

Teglar
- -