insurez
10-10-2024 11:20

BOLALAR MEHNATIGA BARHAM BERAYLIK


Vaqtlar va yillar o‘tib, yosh bolalarimiz ulg‘ayib, kattalar safiga qo‘shilishadi. Ularning bolaliklari qanday o‘tgani, uy va maktabda ularga qanday munosabatda bo‘lishgani, uydagilar va muallimlarning munosabatlari, hatto qanday qaraganlari ham ularning yodida qoladi. Demak, ularni har qanday majburiy mehnatdan asrash, noqonuniy ravishda jismoniy mehnatga jalb qilish davlatimiz tomonidan qonun va qarorlar orqali belgilab qo‘yilganini esdan chiqarmasligimiz darkor.

Bolalarning bolalik chog‘larida o‘z ona tili va chet tillarini o‘rganishlari, tabiiy fanlarga qiziqishlarini oshirish, maktabda o‘tiladigan har qanday mavzularni chuqur o‘zlashtirib borishlari ota-ona va maktab pedagoglari tomonidan nazorat qilib borilishi kerak.

Mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yettilik, xususan yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, maktab direktorlari  esa ularni jismoniy mehnatga jalb qilinishi holatlariga qarshi ish olib borishlari lozim.

Bugun mamlakatimizda yoshlarimiz, bolalarimizni yangi O‘zbekistonimizga mos etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar olib borilayapti, demak bu bizning ham zimmamizdagi asosiy vazifa bo‘lib qolishi lozim.

 

Viloyat sudining sudyasi Zayniddin Turayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi raisi Jaxongir Arslanov.

Teglar
- -