insurez
09-01-2025 10:26

Bog'cha yoshidagi bolalarning bog'chaga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri Latif Karimov, OAV vakillari va soha mutasaddilari ishtirokida "Bog'cha yoshidagi bolalarning bog'chaga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

L.karimovning so'zlariga ko'ra:

Tumandagi 
3-7 yoshgacha boʻlgan jami 14 ming 912 nafar bolalarning 9 ming 709 nafari yoki 65,1 foizi, tumandagi jami 150 ta (28 ta davlat, 115 ta oilaviy, 7 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi) maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan.
 

Shuningdek, umumta'lim maktablaridagi boʻsh xonalar hisobiga joriy yilda 28 ta  davlat MTTlarida 68 ta umumiy oʻrta ta'lim maktablarida jami 86 ta ta'lim tashkilotlarida majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilib, 6 yoshli bolalarning 1 ming 262 nafari tarbiyalanmoqda.

Barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishlari uchun qoʻshimcha sport-sogʻlomlashtirish, badiiy-estetik va fanlar, chet tillari, matematika, mental arifmetika kabi toʻgaraklar tashkil etildi ushbu toʻgaraklarda 412 nafar tarbiyalanuvchi mashgʻulotlarda ishtirok etib kelishmoqda.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo'llangan savollarga L.Karimov tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Teglar
- -