Bir guruh nurobodliklar Haj ziyoratiga yo‘l oldi
Bir guruh nurobodlik tumandoshlarimiz muborak Haj ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, viloyatimizdan 4 ta maxsus aviareyslar yo‘lga qo‘yilgan. 2-iyundan 3-iyunga o‘tar kechasi parvoz qilgan aviareyslarda 23 nafar nurobodlik ziyoratchilar safarga yo‘l olishdi. Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan 2022-yilgi mavsumda Nurobod tumanidan 19 nafar, 2023-yilda 21 nafar tumandoshlarimiz muborak Haj amallarini bajarib qaytishgan edi. Raqamlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida ushbu raqamlar yildan-yilga ortib, ezgulikka oshno qalblarning quvonchiga sabab bo'lmoqda.