Bir guruh nurobodlik ziyoratchilar muborak Haj safariga yo'l olishdi
Yurtimizda fuqarolarning muborak Haj safarini qonuniy tarzda amalga oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ushbu imkoniyatlar natijasi o'laroq, bugun 23 nafar tumandoshlarimiz muborak Haj ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishdi.
Ziyoratchilar uchun barcha zarur tibbiy, tashkiliy va ma’naviy tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, ularning xavfsiz va tartibli sayohatini ta'minlash maqsadida viloyatimizdan maxsus aviareyslar yo'lga qo'yildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilgi va 2023-yilgi mavsumlarda Nurobod tumanidan 21 nafar, 2022-yilda 19 nafar tumandoshlarimiz muborak Haj amallarini bajarib qaytishgan edi.
Raqamlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida ushbu raqamlar yildan-yilga ortib bormoqda.
Bu esa diniy qadriyatlar, fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlash, ularning muborak Haj ziyoratini amalga oshirishlari uchun qulay va tizimli tashkiliy sharoitlar yaratilayotganligining amaliy ifodasidir.