"Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining 2025-yilgi mavsumiga rasman start berildi
Bugun Respublikamizning 14 ta hududidagi barcha tuman va shaharlarning yoshlari ishtirokida "Besh tashabbus olimpiadasi" 2025-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizning 12 viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi barcha tuman, shahar va mahallalar yoshlari "Besh tashabbus olimpiadasi"ning avvalgi mavsumlarida g‘olib bo‘lgan vakillari orqali musobaqaga to‘liq tayyorliklarini bildirishdi.
Olimpiadaning o‘tkazilishiga mas'ul rahbarlar tomonidan ramziy start tugmasi bosildi va barcha hududlar uchun bir vaqtda "Besh tashabbus olimpiadasi — 2025" ga rasman start berildi.
Tadbir davomida olimpiada oldingi mavsumining yuqori darajada o'tkazilishi, unga yoshlarning keng miqyosda qamrab olinishiga munosib hissa qo'shgan hamkor tashkilot vakillari, tuman hokimlari, sport taʼlim muassasalari mutaxassislari va yoshlar yetakchilarining bir guruhi munosib taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir yakunida "Besh tashabbus olimpiadasi" 2025-yil mavsumida ishtirok etish uchun ilk arizalar www.5tashabbus.uz sayti orqali onlayn yuborildi.
Nurobod tumani hokimligida tashkil etilgan studiyada tuman hokimi o'rinbosarlari, yoshlar yetakchilari, umumta'lim maktablari direktor o'rinbosarlari hamda tegishli mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimidan so'ng, tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov tomonidan "Besh tashabbus olimpiadasi" ning joriy yilgi mavsumini munosib o'tkazish unda tuman yoshlarining keng ishtirokini ta'minlash va yuqori natijalarga erishish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.