Bayram arafasida moʻtabar onaxonlar holidan xabar olindi
Ayol azaldan mehr-shafqat, sadoqat va fidoyilik timsoli sifatida eʼzozlab kelinadi. Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayz-u baraka olib kiradigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat va ezgulik nuri bilan munavvar etadigan zotlar — bu moʻtabar onaxonlarimiz, munis opa-singillarimizdir.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nurobod tumanida ham xotin-qizlarga eʼzoz va eʼtibor ko‘rsatishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov tumandagi moʻtabar onaxonlar holidan xabar olib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuvlar davomida tuman rahbari onaxonlar bilan suhbatlashib, ularning hayotiy tajribasi, dono maslahatlari hamda yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari jamiyat uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi. Shuningdek, bugungi tinch va farovon hayotimizda, oilalarda mehr-oqibat va totuvlik muhitini mustahkamlashda onaxonlarning o‘rni beqiyos ekani ta'kidlandi.
Tuman rahbari onaxonlarga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, xonadonlariga fayz-u baraka tiladi hamda bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda moʻtabar onaxonlarga bo‘lgan hurmat va eʼzozni yanada mustahkamlash, ularning hayotiy tajribasi va duolaridan bahramand bo‘lishga xizmat qiladi.




