insurez
22-04-2025 09:32

Ajdodlar merosi – yoshlar nigohida


Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 31-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi sayohat tadbiri tashkil etildi.

Maktab o‘quvchilari Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi.

Sayohatning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularda turizm madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.
 

Teglar
- -