Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik yuzasidan seminar tashkil etildi
2025-yilning 15-aprel kuni Samarqand viloyat Statistika boshqarmasinig Nurobod tuman Statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi X.Ibragimov tomonidan tumandagi 3-umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirni mazkur maktab direktori N. Ziyadinov kirish so‘zi bilan ochib berib, aholini ro‘yxatga olishning mazmun mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda X. Ibragimov tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi, vazifalari hamda o‘tkazish boshqichlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Mustaqil O‘zbekistonda ilk bor bu tadbir o‘tkazilayotganini inobatga olgan holda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr, ya’ni O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019-yil 5-fеvrаldаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2022-yildа аhоlini ro‘yхаtgа оlishni o‘tkаzish kоntsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5655-sоn Fаrmоni, 2020-yil 16-mаrt O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti tоmоnidаn O‘RQ-611-sоn bilаn tаsdiqlаngаn qonuni, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020-yil 3-аvgustdаgi “Milliy stаtistikа tizimini tаkоmillаshtirish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-4796-sоnli qаrоri, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi 2020-yil 11-nоyabrdаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2023-yildа аhоlini Ro‘yхаtgа оlishgа tаyyorgаrlik ko‘rish vа uni o‘tkаzish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi 710-sоnli qаrоri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mazmun – mohiyati, maqsadlari to‘g‘risida ma’ruza qilindi.
Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan Qarorning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga X. Ibragimov atroflicha javob berdi.
X.Ibragimov,
Tuman Statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi