Aholi osoyishtaligi yo'lida
Bugun Nurobod tumani IIB, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo'limi, kommunal soha vakillaridan iborat shaxsiy tarkibiga tungi xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazilib, unda tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov va tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.Otamurodovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida rahbarlar tomonidan qish mavsumini talafotlarsiz va turli ko'ngilsiz voqealardan xoli o'tkazish lozimligi alohida ta'kidlanib, tumanda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini saqlash va mol-mulklari daxlsizligini ta'minlash borasida qilinishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, FVB va kommunal soha vakillariga elektr energiyasini behuda sarflash, tarmoqqa noqonuniy ulanishlar, is gazidan zaharlanish va nostandart isitish moslamalaridan foydalanish holatlarini oldini olish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.
Ayni vaqtda soha xodimlari el osoyishtaligi yo'lida hududlarda o’z xizmat vazifalarini olib bormoqdalar.