Aholi murojaat va muammolari, takliflari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida haftaning har dushanba kunlari muntazam tashkil etib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, gaz, kadastr, ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, tibbiyot, kasb-hunarga o‘qitish, turli moddiy yordamlar olish kabi masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar yo‘llandi.
Muammolar yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muddattalab murojaatlar ijrosi tegishli mas’ullar zimmasiga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.