Aholi murojaat va takliflari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulovning Amir Temur, Navro'z, Sharq yulduzi mahallalari fuqarolari va yoshlari uchun sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Qabulda tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kadastr, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, soliq, bandlikni ta'minlash va tibbiyot kabi masalalar yuzasidan 50 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, ularning qisqa fursatlarda ijobiy yechim topishi yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berdi.