Aholi murojaat va takliflari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida "Dushanba - fuqarolar qabuli kuni" doirasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimining o'rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichimlik suvi, ichki yo'llar ta'miri, obodonlashtirish, kadastr, soliq, tibbiyot va turli ijtimoiy nafaqalar olish kabi masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.
Aksariyat murojaatlar shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, muddattalab murojaatlar ijrosi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.