Ag‘ron aholisi murojaatlari tinglanib, yechimlar belgilandi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumandagi mas’ullar hamrohligida tumanning olis Ag‘ron mahallasida bo'lib, mahalla aholisi bilan samimiy muloqot qildi.
Uchrashuv davomida qishloq infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilinib, fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, gaz, ichki yo‘llar, kadastr, shuningdek, ijtimoiy soha xizmatlari yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.
Fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tuman rahbari o'rganishlar davomida mahalla hududida joylashgan “Ag‘ron” oilaviy shifokorlik punktida bo'lib, u yerda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolanish uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, sharoitlarni yanada yaxshilash bo'yicha tavsiyalar berildi.