9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Ayni kunlarda butun yurtimiz bo'ylab, 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bir qator madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi bugun Nurobod tumani byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda tuman IIB hamkorligida bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar korrupsiya jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini izdan chiqarib, adolatsizlik natijasida insonlar o‘rtasida notenglikni yuzaga keltiruvchi, jamiyat tanazzuliga sabab bo‘luvchi jirkanch illat ekanligi, bu illatni tag-tomiri bilan yo'q qilishga munosib hissa qo'shish har bir fuqaro zimmasidagi muqaddas burch ekanligini alohida ta'kidlab o'tishdi.