25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulovning BAYRAM TABRIGI
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
Sizlarni “25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Xalqimizning tinch va osuda hayot kechirishi, qonunlar ustuvorligi ta'minlanishi, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash yo'lida olib borayotgan xizmatlaringizni har qancha e'tirof etsak ham kam.
Sizlarning el-yurt osoyishtaligi yo'lida kunni tunga ulab, bayram neligini bilmasdan qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz tufayli bugun xalqimiz tinch-xotirjam, baxtli va ertangi kuniga bo'lgan yuksak ishonch bilan hayot kechirmoqda.
Aziz ichki ishlar organlari xodimlari!
Barchangizga yuksak hurmat-ehtirom va eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Sharafli va mas'uliyatli xizmat faoliyatingizni vatanparlik, g'urur-iftixor bilan bajarishdan aslo tolmang, charchamang!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Sirojiddin Berdiqulov,
Nurobod tumani hokimi