insurez

Tuman ishchi guruhining 2025-yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

Tuman ishchi guruhining 2025-yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.

Mazkur qarorlarga ko‘ra:

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.

 

2024-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

Jamoatchilik fikri asosida 2024 yil 1-mavsumning birinchi bosqichida 13 ta taklif g‘olib bo‘lishgan, shundan 12 tasi yakunlanib foydalanishga topshirilgan.

Faqat 1 ta loyiha, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonani ta’mirlash loyihasi "JAMSHIDJON UNIVERSAL SAVDO" X/K bilan 1 282,4 mln. so‘mlik qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda makaziy shifoxona binosini ta’mirlash ishlari shartnoma muddatidan kechikib ketgan, qurilish ishlari ham to‘xtab qolgan.

Ushbu loyihani yakunlash muddati Samarqand viloyati hokimligi «Yagona  buyurtachi xizmati» DUK ning 2025-yil 28-yanvardagi № 1 T/B-sonli yig‘ilish bayonida 2025-yilning 31-mart kuniga qadar uzaytirilishi tasdiqlangan bo‘lsada ishlar hali ham yakuniga etkazilmagan.

 Pudratchi tashkilot tomonidan kamchiliklarga yul qo‘yilganligi yuzasidan "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga va tuman prokuraturasiga rasmiy xabarnomalar berilgan.   

 

2024-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

Jamoatchilik fikri asosida 2024 yil 2-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 6-26-iyul kunlari openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 78 ta tashabbuslar qoldirildi, ularning umumiy qiymati 98 566,0 mln.so‘m.

Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 26-iyuldan 15-avgustgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 62 ta tashabbus jami 78 356,0 mln.so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 15-avgustdan 22-avgust kunlariga qadar fuqarolar va tashabbuskorlar tomonidan o‘z loyihalarini targ‘ibot qilish jarayonlari bo‘lib utdi.

To‘rtinchi bosqichda, joriy yilning 22-avgustdan 1-sentyabr kunlari fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayonlari bo‘lib utdi va eng ko‘p ovoz olib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 10 ta taklif tashabbuskorlari jami 84 719 ta ovozlar yig‘ib, 13 600,0 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirildi.

Jumladan:

1. Sazag‘on MFYning “Sazag‘on MFY ta'mirtalab ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "KATTABEK QURUVCHI" MCHJ bilan 1 278,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda qutilish ishlari yakunlangan.

2. Ag‘ron MFY ning “Ag‘ron va Navbaxor MFY lar o‘rtasidagi yo‘lni asfaltlash” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ME`YOR QURILISH ASFALT" MCHJ bilan 1 274,4 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

3. Jarquduq MFY ning “Jarquduq qishlog‘i ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "PAYARIQ IPAGI" MCHJ bilan 1 278,8 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

4. Buloqboshi MFY ning “Sepki qishlog‘ida joylashgan 53-sonli umuta'lim maktabi hududidan, maktabga qarashli bo‘sh yer maydonidan sport kompleksi qurish” tashabbusi uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib loyihachi "MEMOR QURILISH LOYIHA KATTAQO'RG'ON" MCHJ bilan 32,3 mln. so‘mlik imzolangan shartnomaga asosan loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqilgan,bugungi kunda pudratchi tashkilot aniqlanish jarayonida.

5. Qo‘rg‘oncha MFY ning “4N-632 “Sepki–Oltio‘g‘il” qishloq avtomobil yo‘liga asfalt yotqizish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ZARKENT OMAD TRANS" QO'SHIMCHA MAS'ULIYATLI JAMIYAT bilan 1 268,4 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.

6. Qo'rg'oncha MFY ning “Sahro guzaridagi eskirgan simyog‘oshlar o‘rniga yangi beton simyog‘ochlar o‘rnatish va transformatorlarni yangisiga almashtirish” tashabbusi uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand viloyat filialiga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ZARAFSHON VODIY MAXSUS QURILISH" X/K bilan elektrlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda elektrlashtirish ishlari davom etmoqda.

7. Qoʻrgʻoncha MFY ning “Qoʻrgʻoncha qishlogʻining 3 000 metr ichki yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish”  tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "KAR DAV STROY S" X/K bilan 1 276,4 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

8. Tegirmonboshi MFY ning “Tegirmonboshi va Karmovul guzarlarining ichki yo‘llarini asfalt qoplamali yo‘l qilish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ME`YOR QURILISH ASFALT" MCHJ bilan 1 268,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

9. Oltinsoy MFY ning “Oltinsoy mahallasi Uzku qishloq temir yul o‘tkazgich joyi bilan Uzku qishloq Oqjirim qabristoniga boradigan 1392 metr yulga asfalt qoplamasini yotqizish ishi.” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "KATTABEK QURUVCHI" MCHJ bilan 1 223,6 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.

10. Mash’al MFY ning “Markaziy shifoxona, binosining tashqi va ichki fasad qismi va ichki yulaklarini ta’mirlash” tashabbusi uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib loyihachi "ELNUR STROY MANTAJ" MCHJ bilan 1 240,5 mln. so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda qurilish ishlari davom etmoqda.

 

2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

Tumanda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash” maqsadida 2025-yil 1-mavsumi uchun, tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi hisobidan 14 497,0  mln.so‘m, 2024 yil 4-chorak daromadlar rejasi ortirib bajarilgan qismi mabag‘lari hisobidan 1 751,0 mln. so‘m, 2025 yil 1-yanvar holatiga “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”da qoldiq mablag’lari hisobidan 2 375,0 mln. so‘m, 2024-yil 1-2 mavsumlarda tejalgan mablag‘lar hisobidan 212,0 mln. so‘m Jami bo‘lib 18 835,0 mln.so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligida ochilganFuqarolar tashabbusli jamg‘armasiga yo‘naltirildi.

Jamoatchilik fikri asosida 2025-yil 1-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 1-20-fevral kunlari openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 93 ta tashabbuslar qoldirildi, ularning umumiy qiymati 121 760,1 mln.so‘m.

Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 21-fevraldan 7-martgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 86 ta tashabbus jami 115 276,2 mln.so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 8-martdan 10-mart kunlariga qadar fuqarolar va tashabbuskorlar tomonidan o‘z loyihalarini targ‘ibot qilish jarayonlari bo‘lib utdi.

To‘rtinchi bosqichda, joriy yilning 11-marttdan 20-mart kunlari fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayonlari bo‘lib utdi va eng ko‘p ovoz olib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 12 ta taklif tashabbuskorlari jami 52 679 ta ovozlar yig‘ib, 17 983,8 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Jumladan:

1. Qo‘rg‘oncha MFY ning “Qo‘rg‘oncha” MFY 4-N 632 “Sepki–Olti o‘g‘il" qishlog‘i avtomobil yo‘lini asfaltlash” tashabbusi uchun 4930 ta ovoz yig‘ib, 1 485,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

2. Navbahor MFY ning “Navbahor MFY Xirkak guzaridan Yangiobod guzarigacha bo’lgan ichki yo‘lni asfaltlashtirish” tashabbusi uchun 4872 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

3. Arabota MFY ning “Savuryog‘och guzari 10-tor 10-11 kuchalar 64-maktab filial oldigacha  ichki yullarini asfaltlash” tashabbusi uchun 4707 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

4. Jarquduq MFY ning “Jarquduq MFY ichki kuchalariga asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun 4632 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

5. Buloqboshi MFY ning “Sepki qishlog‘i qabristonini obodonlashtirish” tashabbusi uchun 4623 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

6. Ag‘ron MFY ning “Agʻron va Navbahor MFY lar oʻrtasidagi asosiy yoʻlni asfaltlash” tashabbusi uchun 4622 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

7. Jom MFY ning “23-maktabning yuqori qismidan Dukur guzari 24-maktabgacha bo‘lgan ichki yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish”  tashabbusi uchun       4579 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

8. Jom MFY ning “Jom qishlog’idan Tinchlik qishlog’iga boradigan ichki yo’lga asfalt qoplamasini yotqizish” tashabbusi uchun 4537 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

9. Qo‘rg‘oncha MFY ning “4-N 632 “Sepki–Olti o‘g‘il" qishlog‘i avtomobil yo‘lining 2-1 kilometri qismini asfaltlash” tashabbusi uchun 4495 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

10. Mash’al MFY ning “Tuman tibbiyot birlashmasida tuman tez tibbiy yordam bo‘limi uchun yangi bino qurish” tashabbusi uchun 3861 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

11. Ulus MFY ning “Ulus qishlog‘idagi 3-maktab sobiq binosini qayta ta’mirlash va ishga tushirish” tashabbusi uchun 3778 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

12. Boshquduq MFY ning “30V053-sonli Nurbuloq-Boshquduq-Ulus yo‘lning 9-12 km qismini asfaltlash” tashabbusi uchun 3038 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

 

A.Xudayberdiyev,

Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshligi o‘rinbosari

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar