Nurobod tumanini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilayotgan istiqbolli dasturlarning sarhisobi to‘g'risida
Nurobod tumanini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilayotgan istiqbolli dasturlarning sarhisobi to‘g'risida
-sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi 103,8 mlrd. so‘mga yoki 102,8 foizga;
-xizmatlar hajmi 186,3 mlrd. so‘mga yoki 110,2 foizga;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 309,4 mlrd. so‘mga yoki 103 foizga;
-qurilish ishlari hajmi 27,6 mlrd. so‘mga yoki 88,4 foizga;
-eksport hajmi 0,92 mln. dollar yoki 4 marotobaga;
-import hajmi 15,3 mln. dollar yoki 5,8 marotabaga o‘sishni tashkil etdi.
Aholi bandligi bo‘yicha:
Joriy yil boshiga tumanda mehnat resurslari 81 ming 930 nafarni, iqtisodiy faol aholi 64 ming 784 nafarni, rasmiy band aholi 21 ming 707 nafarni, norasmiy band aholi 34 ming 588 nafarni, ishsizlik darajasi 6,3 foizni tashkil etdi.
Tumanda 4 ming 380 nafar fuqaro migratsiyada bo‘lib, shundan 4 ming 322 nafari ishlash uchun ketgan. (Ularning 3 ming 716 nafari erkaklar, 664 nafari ayollar). Migrantlarning 170 nafari (4,8 foizi) 500 dollardan past, 2 658 ming nafari (64,1 foizi) 1000 dollardan past daromad topayotgan bo‘lsa, 34 nafar mehnat migranti umuman pul jo‘natmagan.
Nurobod tumanida 2025 yilda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi PQ-12-sonli “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga asosan 2025 yilda 9089 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va 1930 ta oilani (8845 nafar) kambag‘allikdan chiqarish prognoz rejalari tasdiqlangan. Jumladan, investisiya loyihalari hisobiga 1191 nafar banklar tomonidan 6344 nafar, qishloq xo‘jaligida 1288 nafar, qurilish yo‘nalishida 266 nafar aholi doimiy, masumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilinishi oylar va mahalla kesimida taqsimot qilinib xalq deputatlari tuman Kengashida tasdiqlangan.
4995 nafar aholini doimiy daromad bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, 4644 nafarini o‘zini o‘zi band qilish, 200 ta tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish, 360 ta YATT tashkil etish, 5396 nafar shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish, 1560 ta mikroloyihalar tashkil etib, 3120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari asosida 2959 nafar aholi bandligini ta’minlash, 389 nafariga ijaraga yer ajratish, 723 nafarini zamonaviy kasblarga o‘qitish va 248 nafarini tashkillashtirilgan migratsiyaga yuborish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kambag‘al oilalar sonini 1930 taga pasaytirib, 8845 nafarini kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlik darajasini 5,2 foizgacha tushirish, tadbirkorlik sub’yektlari sonini 2033 taga yetkazish, yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini 1282 nafarga yetkazish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sonini 23 952 nafarga yetkazish belgilangan.
Ushbu rejalar aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Jumladan, joriy yilda jami 72,2 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bular Kichik biznesni qullab-quvvatlash kompleks Dasturi asosida 24,8 mlrd. so‘m, Hamroh tadbirkor ayollarni qo‘llab quvvatlash dasturi asosida 3,3 mlrd. so‘m, Oilaviy tadbirkorlik Davlat dasturi asosida 37,2 mlrd so‘m va “Biznesga birinchi qadam” dasturiga 6,9 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha: Joriy yil boshiga 3084 ta kambag‘al oilalarda 15,1 ming nafar aholi bo‘lib, joriy yilda ulardan 1930 ta oilaning 8,8 ming nafarini kambag‘allikdan chiqarishni rejalashtirganmiz.
Jumladan, ularning 831 nafarini tadbirkorlarning doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali, 660 nafarini tadbirkorlikka jalb qilish orqali, 55 tasini drayver loyihalarni amalga oshirish orqali, 126 nafariga qishloq xo‘jaligida yer ajratish orqali, 181 nafarini kasb-hunarga o‘qitib, bandligini ta’minlash orqali hamda 1202 nafarini boshqa yo‘nalishlarda daromadli qilish orqali kambag‘allikdan chiqariladi.
Yil yakuniga 2362 ta oilaning 11,6 ming aholisi kambag‘allik ro‘yxatida qoladi va kambag‘allik darajasi 9,1 foizdan 6,7 foizga tushiriladi.
2025 yil yanvarь-mart oylarida bandlikni ta’minlash dasturi bo‘yicha 1746 nafar fuqarolarni bandligini ta’minlash rejasi 2949 nafarga ya’ni 169 foizga bajarilishiga erishildi.
Muxtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, ya’ni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va Gʻijduvon tajribalari yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirish dasturi amalda xizmat qilmoqda.
2025 yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 39 ta mahallalarda 11,3 mlrd so‘mlik jami 650 ta mikroloyihalar amalga oshirildi va 1303 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, 36,8 mlrd so‘mlik 1378 ta, jumladan, biznesga birinchi qadam dasturi bo‘yicha 5,9 mlrd so‘mlik 231 ta, kichik biznesni qo‘llab quvvatlash dasturi bo‘yicha 3,5 mlrd so‘mlik 39 ta, oilaviy tadbirkorlik dasturi bo‘yicha 15,4 mlrd so‘mlik 814 ta, Mahalla loyihasi dasturi asosida 12,1 mlrd so‘mlik 294 ta kreditlar maqsadli yo‘naltirildi.
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha “Uychi tajribasi” asosida yanvar aprelь oylari mobaynida bank mijozlari bilan 24 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, 135 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Byudjet tushumlari bo‘yicha
2025 yil 1 chorakda jami tushum 35,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128,3 foizga (o‘tgan yil 1 chorakda tushum 27,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan) o‘sishni tashkil etmoqda.
O‘sish sur’atlari oshgan soliq turlari bo‘yicha:
- aylanmadan olinadigan soliq 142 foiz;
- jismoniy shaxslar yer solig‘i 133 foiz;
- jismoniy shaxslar mulk solig‘i 141 foiz;
- YATT qat’iy belgilangan soliq 122 foiz;
- jismoniy shaxslar daromad solig‘i 119 foiz;
- aksiz solig‘i 156 foizni tashkil etmoqda.
Qurilish sohasida amalga oishirilayotgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 - 2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Nurobod tumanida 4 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta “Damxo‘ja-Nurobod” suv tarmog‘i, 1 ta EIZ yo‘llarni ta’mirlash va 1 ta qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Bugungi kunda Boshquduq, Jom, Chorvador va Arabota MFYlardagi 6, 23, 29, 71 maktablarga 180 va 120 o‘rinli qo‘shimcha binolar qurilish ishlari olib borilmoqda.
Lolazor MFYda 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish bo‘yicha tender savdolariga e’lon berilgan.
Nurobod tumanidagi "Nurobod-Damxo‘ja" suv saqlash inshootini rekonstruksiya qilish hamda Nurobod shahri, Nurbuloq, Po‘latchi, Shurcha, Yuqsalish, Omonboy, Yuksalish, Nurdum, Sharq Yulduzi, Achamayli, Yangiqishloq, Mash’al, Madaniyat, Sho‘robod va Qilichli aholi punktlari va sihatgohlar uchun ichimlik suv tizimlarni qurilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va 2025 yil 1 mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 12 ta taklif tashabbuskorlari, 17 mlrd 983 mln. so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.
Bugungi kunda ushbu loyihalar bo‘yicha smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ishlar boshlab yuborilgan.
Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha
Joriy yilda tumandagi Navro‘z MFY hududidan 1 ta 20 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi beliglangan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabrdagi PQ-330-sonli ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tumandagi 8 ta mahalla hududida aholi tomorqa yerlarida sug‘orishni yaxshilash uchun ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Arabota” MFY hududida 1 ta quduq hamda 4.2 km uzunlikdagi so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “Saxoba” MFY hududida 2 ta quduq hamda 7.1 km uzunlikda so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “O‘rtabuz” MFY hududida 1 ta quduq hamda 2.4 km uzunlik so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “Buloqboshi” MFY hududida 2 ta quduq hamda 6.0 km uzunlik so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “Nurdum” MFY hududida 1 ta quduq hamda 1.8 km uzunlik so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “Ittifoq” MFY hududida 1 ta quduq hamda 2.1 km uzunlikda so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “Jom” MFY hududida nasos stansiyasi hamda 3.0 km uzunlikda so‘g‘orish tarmoqlari tortish, “Do‘stlik” MFY hududida 1 ta quduq hamda 3.0 km uzunlikdagi so‘g‘orish tarmoqlari tortishda ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Arabota” MFY hududida 2 ta transformator, 132 dona temir beton ustunlari hamda 2.5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “Saxoba” MFY hududida 3 ta transformator, 90 dona temir beton ustunlari hamda 3.9 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “O‘rtabuz” MFY hududida 3 ta transformator, 147 dona temir beton ustunlari olib kelinib o‘rnatildi hamda 7.8 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “Buloqboshi” MFY hududida 2 ta transformator, 98 dona temir beton ustunlari hamda 5.5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “Nurdum” MFY hududida 3 ta transformator, 77 dona temir beton ustunlari olib kelinib o‘rnatildi hamda 4.7 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “Ittifoq” MFY hududida 2 ta transformator, 98 dona temir beton ustunlari hamda 5.4 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “Jom” MFY hududida 2 ta transformator, 94 dona temir beton ustunlari hamda 6.0 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish, “Do‘stlik” MFY hududida 3 ta transformator, 129 dona temir beton ustunlari hamda 8.7 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.
Tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar
Hozirgi vaqtda 215 o‘rinli markaziy shifoxona, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta hududiy bo‘lim, 3 ta oilviy poliklinika va 14 ta oilaviy shifokorlik punktlari hamda ularning 27 ta filiallari tomonidan jami 48 ta davolash profilaktik muassasalar tomonidan aholiga stasionar va ambulator yo‘nalishda tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Uzoq yillar davomida Nurobod tuman tibbiyotidagi eng katta muammolaridan biri malakali kadrlar yetishmovchiligi bo‘lgan. Bo‘sh ish o‘rinlarini shifokorlar bilan to‘ldirish borasida oxirgi 3 yilda tumanga jami 26 nafar shifokorlar ishga olindi, ularning 20 nafari olis va chekka hududlarda ishlamoqda.
Shuningdek, 23 ta olis va chekka qishloqlarda Mahalla tibbiy punktlari tashkil qilindi.
2021 yida tumanda tibbiyot muassasalar soni 18 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda 48 tani ya’ni 30 taga ko‘payib tumandagi 50 mingdan ziyot aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat yanada yaqinlashtirildi.
Tashabbusli byudjet mablag‘lari hisobidan Markaziy shifoxona ma’muriyat binosi, Reabilitatsiya bo‘limi binosi va Sepki oilaviy poliklinikasi binosi yangidan qurildi. Markaziy shifoxona va Yuqumli kasalliklar binosi mukammal ta’mirlandi.
9 ta Mahalla tibbiy punktlariga 4 kilovattlik, Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga 30 kilovattlik quyosh panellari o‘rnatildi.
Markaziy shifoxonaga 100 kilovattlik, Jom hududiy bo‘lim va tug‘ruq majmuasi uchun 50 kilovattlik yangi GENERATORlar o‘rnatildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi sohasida
2025 yil 1 choragi holatiga ko‘ra Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida 78 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 150 ta (28 ta Davlat MTTlari, 115 ta nodavlat MTTlari, 7 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi MTTlar) maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritib kelmoqda.
3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha
3-7 yoshgacha bo‘lgan jami 14 ming 912 nafar bolalarning 9 ming 709 nafari yoki 65,1 foizi tumandagi jami 150 ta (28 ta davlat, 115 ta oilaviy, 7 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.
Hujjatlar yo'q