Yoshlar bandligini ta'minlash – jamiyatni taraqqiy ettirishning muhim omili
Yurtimizda probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va daromad topishlariga ko'maklashish maqsadida hududdagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirildi.
Jumladan, yoshlar tumanda joylashgan "Chuttoy uy-joy" qurilish MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, ikki tomon o'rtasida o'zaro fikrlar almashildi hamda ishlash istagda bo'lgan yoshlarning bandligi ta'minlandi.