Yoshlar bandligini ta'minlash – jamiyatni taraqqiy ettirishning muhim omili
Bugun Nurobod tumani hokimligi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-62-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda qilinadigan ishlar mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Unda viloyat bank sohasi vakillari, tuman hokimligi mas'ullari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Mas'ullar tomonidan seminar ishtirokchilariga yoshlarning tadbirkorlik g'oya va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularda ishbilarmonlik ko'nikmalarini rivojlantirish, yosh tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, startap va innovatsion loyihalarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish kabi masalalar yuzasidan kerakli tushuncha va axborotlar berildi.