insurez
27-09-2025 10:21

Yosh iste’dodlarimizning g‘alabalari – ustozlar mehnatiga eng chiroyli tuhfa


Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “San’atim faxrim” nomli respublika ko‘rik-tanlovida Nurobod tuman 18-son musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari g‘oliblik shohsupasidan joy oldilar.

Tanlovda Rustamov Shohjahon faxrli 1-o‘rinni, 
Rustamova Dilobar va Xusanova Iroda 2-o‘rinni, 
G‘aniyev Sardor esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritidi.

Bu yutuqlar – yosh iste’dodlarimizning tinimsiz izlanishlari, ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnatlari, san’at maktabida yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir. 

Ayniqsa, bu g‘alabalar yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuniga eng munosib tuhfa bo‘ldi. O‘quvchilarning yuksak natijalari ustozlarining mashaqqatli mehnati va mehribon qo‘llariga bo‘lgan hurmat va ehtiromning amaliy ifodasidir.
 

Teglar
- -