insurez
10-11-2025 11:53

Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul jarayonida tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari, yoshlar hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida aholining turmush tarziga bevosita ta’sir etuvchi masalalar, jumladan, elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, soliq, tibbiyot, bandlikni ta’minlash, aliment, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir masala diqqat bilan tinglanib, joyida o‘rganildi. Ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, tegishli tashkilot va idora rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 

Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, muayyan vaqt talab etuvchi masalalar yuzasidan mas’ullarga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Teglar
- -