Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining to‘qsoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining to‘qsoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari, 2024-yil II chorak yakuni bo‘yicha Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati, Nurobod tumanida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tomonidan 2024-yilning o‘tgan II choragi davomida olib borilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tumanda aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ularni biznesga jalb qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni yo‘nalishlar kesimida bajarilishi, tumanda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, Nurobod tumanida 2024-yil I yarim yilligida byudjet daromadlarining bajarilishi va II yarim yillikda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ko‘tarilgan har bir masala xalq vakillari tomonidan atroflicha va qizg‘in muhokama etilib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.