Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo'g'inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Oblanov va tuman kengashi deputatlari ishtirokida "Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo'g'inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
B.Oblanovning so'zlariga ko'ra:
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okrugi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 24 nafar deputatlar tuman Kengashida faoliyat olib bormoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida bugungi kunda ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Nurobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 70 ta banddan iborat loyihalarga hududlar kesimida deputatlar mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi “Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-5-10-7-99-K/25-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2025-yilning I choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishi reja-jadvali ishlab chiqilgan. Ushbu reja-jadvalga asosan aprel oyining 10-sanasigacha bo‘lgan muddatda saylovchilar oldida axborot berishi belgilangan.
Bugungi kunda Nurobod tumanini har tomonlama rivojlantirish, davlat dasturlarining o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish hamda har bir okrugda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar murojaatlarini hal etish, joylarda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan tashkilotlarga 2025-yilning o‘tgan davri davomida 26 ta deputatlik so‘rovlari chiqarilgan.
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi tomonidan tumanimiz aholisini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqgan holda tizimli ravishda aholi bilan uchrashib bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va bugungi kunda ijroga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, hududlarda xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan sayyor qabullar, uchrashuvlar tashkil qilish reja grafigi ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.