Xalq banki vakillari Nurobodlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
AT Xalq banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari X.Axmedov hamda AT Xalq banki viloyat mintaqaviy markazi boshlig‘i I.Davronov Nurobod tumanidagi tadbirkorlar va kredit olish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida chorvachilikni rivojlantirish, meva-sabzavotlarni saqlash, ipoteka kreditlari, xizmat ko'rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, chet eldan zotli chorva mollarini olib kelish uchun xorijiy valyutada kredit olish masalalari muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan Xalq bankida mavjud imtiyozli kredit turlari hamda bankning mobil ilovasida yaratilgan qulayliklar haqida batafsil tushuntirish berildi.
Uchrashuvda bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli tartibda kredit mablag‘larini rasmiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.




