Viloyat hokimiga matbuot kotibi tayinlandi
Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori bilan Ixtiyorov Mirzo Rustamovich Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
M.Ixtiyorov tayinlovga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Samarqand viloyati teleradiokanali" davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.