Ustozlar kuni – ehtirom, hurmat va minnatdorchilik bayrami!
Bugun Nurobod tumani hokimligida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi M.Buranov maorif yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan faxriy pedagoglarni, ko‘plab shogirdlar qalbiga ilm va tarbiya urug‘ini qadab kelayotgan ustoz hamda murabbiylarni samimiy muborakbod etib, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Bayram tadbiri davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan o'qituvchi-murabbiylar hamda maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining xizmatlari munosib e'tirof etilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.
Bayram shukuhida ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan fidoyi o‘qituvchilar, murabbiylar hamda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarining xizmatlari munosib e’tirof etildi.