insurez
17-10-2025 10:02

Ulus va Xalqobod mahallalarining qiyofasi “Obod va fayzli mahalla” tamoyili asosida yangilanadi


Bugun erta tongdan Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida Ulus va Xalqobod mahallalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O'rganishlar davomida mahallalar tashqi qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ko‘chalar, xiyobonlardagi ozodalik, ariqlar tozaligi hamda uy-joylar fasadlarining ko‘rkamligi e’tibor markazida bo'ldi.

Shuningdek, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, xonadonlar fasadlarini yangilash, tomorqadan unumli foydalanish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur tashabbus tumanda “Obod va fayzli mahalla” tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish, aholining farovonligini oshirish hamda mahallalarni yanada chiroyli va zamonaviy maskanga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lmoqda.

Teglar
- -