insurez
08-11-2024 12:06

Tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani​​​​​​​ o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Ibragimov ishtirokida tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

R.Ibragimovning so‘zlariga ko‘ra:


“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “2024-2025 yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 716-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 39 ta korxona va tashkilotlar tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jami 1 731 tonna, jumladan, 786 tonna kartoshka, 387 tonna piyoz, 275 tonna sabzi hamda 284 tonna guruch mahsulotlari zaxirasi yaratildi.

 

Tumanda oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.

 

Narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida doimiy ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

 

Barcha markaziy dehqon bozorlari va savdo komplekslarida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan. Ularda arzonlashtirilgan un, shakar, yog‘ va boshqa asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

 

Tumanimizda jami 4 ta dehqon bozorlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularda 8 ta filiallar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Tuman hokimligi tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda bozorlar faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib boriladi hamda kunlik holat to‘g‘risida monitoring olib boriladi.

 

Buning uchun, sektor rahbarlari, prokuratura departamenti, soliq va monopoliya boshqarmalari tomonidan narxlar barqarorligini doimiy nazoratga olish, shuningdek barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar ustidan jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Tumanda oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va ichki bozorni to‘yintirish maqsadida, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shni tumanlardan olib kelish hisobiga ta’minlanmoqda.

Nurobod tumanida 2024-yil 9 oyligida 9,3 ming tonna meva, 13,0 ming tonna sabzavot, 5,0 ming tonna kartoshka, 2,5 ming tonna poliz ekinlari, 1,8 ming tonna uzum, 13,4 ming tonna go‘sht, 38,3 ming tonna sut va  22,8 mln. dona tuxum mahsulotlari yetishtirildi.

 

Joriy yil yakunigacha tuman aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi iste’mol me’yorlari bo‘yicha

hisob-kitob qilib chiqildi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tuman aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga, jumladan: mevaga 11,5 ming tonna, uzumga 2,7 ming tonna, kartoshkaga 8,3 ming tonna, piyozga 3,2 ming tonna, sabziga 4,2 ming tonna, boshqa sabzavotlarga 14,6 ming tonna, guruchga 1,6 tonna, bug‘doy (un, non, makaron mahsulotlari) ga 15,7 ming tonna, go‘sht mahsulotiga 6,7 ming tonna, sut mahsulotlariga 18,1 ming tonna, tuxumga 34,2 mln. dona talabni tashkil qiladi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘la qondirish, shuningdek iste’moldan ortig‘ini respublika ichki bozorlariga, qayta ishlash korxonalariga hamda eksportga yo‘naltirish maqsadida mahsulotlar yetishtirishning aniq hajmlari qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon va aholi tomorqa xo‘jaliklari kesimida belgilab olindi.

 

Parrandachilik sohasida o‘z samarasini bergan tajribadan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlarida tovuq yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha 3 ta yirik yillik quvvatli 750,0 tonna  parranda go‘shti yetishtirish bo‘yicha 2 ta loyiha va tuxum yo‘nalishida 1 ta yillik 3,6 mln dona tuxum yetishtirish quvvatiga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshirildi.

 

Har bir mahallada savdo do‘konlari va kichik ekobozorlar tashkil qilinib, sektor rahbarlari bilan birgalikda tumandagi bozorlar va savdo komplekslariga mahsulotlar yetkazilishini uzluksiz ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash choralari ko‘rib borilmoqda”.

Teglar
- -