Tumanda fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Qorayev ishtirokida tumanda fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.
D. Qorayevning so‘zlariga ko‘ra:
“Nurobod tumanida sug‘oriladigan maydonlarda faoliyat yuritayotgan 92 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 2010 gektar maydonda 5195 tonna yetishtirilib, davlatga don topshirish shartnomaviy rejasi 100,3 %ga bajarildi, 632 gektar maydonda 1430 tonna paxta hosili yig‘ib olindi. Ushbu ko‘rsatkichlarning zamirida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida to‘liq va sifatli qilib bajarilganligi, yer maydonlariga bo‘lgan yangicha yondashuv yotadi.
Bugungi kunda tumanimizda 1249 ta dehqon xo‘jaliklari faoliyat yuritib, xalqimiz dasturxoni uchun turli noz-ne’matlar yetishtirib kelinmoqda. Tumanda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan 2024-yilda 1752 gektar sabzavot, 123 gektar poliz, 760 gektar kartoshka, 162 gektar dukkakli ekinlar va 209 gektar boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilib, hosili yig‘ishtirib olindi.
Tumanda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20, PQ-323, PF-15, PQ-153-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida paxta va g‘alla maydonlaridan qisqargan 835 gektar yer maydonlari 0,10-1,0 gektargacha bo‘lgan yer maydonlari, lotlarga bo‘linib, E-auksion platformasi orqali savdoga chiqarildi va g‘oliblarga ajratilib berildi.
Ushbu maydonlarga 45,5 gektar kartoshka, 320 gektar mosh, 85 gektar piyoz, 326 gektar moyli ekinlar va 36,1 gektar poliz va boshqa ekinlar ekilgan.
Tumandagi “Samfurut organik” MJCH tomonidan shartnoma asosida dehqon xo‘jaliklariga jami 54,2 tonna urug‘liklar yetkazib berilgan. Shundan 52,5 tonna kartoshka, 0.7 tonna mosh, 0,15 tonna piyoz, 0,8 tonna kunjut va 0.075 tonnasini poliz ekinlari urug‘lari tashkil etadi.
Shuningdek, dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha eksportyor "Samfurut organik" MCHJ korxonasi bilan mahsulotlarni xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzilgan.
Tumandagi ilg‘or usta dehqonlar tomonidan bugungi kunda ushbu maydonlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yig‘ib olinmoqda".