Tumanda dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini ta’minlash, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Ibragimov ishtirokida tumanda dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, narx-navo barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
R.Ibragimovning so‘zlariga ko‘ra:
“Tumanda dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Binobarin, tumanda oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
Narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida doimiy ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Barcha markaziy dehqon bozorlari va savdo komplekslarida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan. Ularda arzonlashtirilgan un, shakar, yog‘ va boshqa asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.
Tumanimizda jami 4 ta dehqon bozorlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularda 8 ta filiallar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Tuman hokimligi tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda bozorlar faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib boriladi hamda kunlik holat to‘g‘risida monitoring olib boriladi.
Buning uchun, sektor rahbarlari, prokuratura departamenti, soliq va monopoliya boshqarmalari tomonidan narxlar barqarorligini doimiy nazoratga olish, shuningdek barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar ustidan jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar asosida 8 ta og‘ir mahallalar tanlab olinib ularda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash, elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida 25 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirilishi belgilab olindi”.