insurez
19-10-2025 17:56

Tozalik, obodlik, bunyodkorlik va yashillik – Nurobodda bosh yo‘nalish


Yurtimizda e’lon qilingan "Tozalik va ozodalik" oyligi doirasida Nurobod tumanida ham obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumandagi Tepaqul, Saroy, Sazag‘on, Chortut, Oqsoy, Mehnatkash va Sarikul mahallalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganishlar davomida tuman hokimi mahalla hududlaridagi uy-joylar, xiyobonlar, qabristonlar, ko‘chalar, ariqlar atrofida tozalik va ozodalik ishlarini bajarish, yashil hududlarni ko‘paytirish, buloqlarning suv yo‘llarini tozalash va ekologik muhitni yaxshilashga doir o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi.

Shuningdek, tuman rahbari mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazib, ularning muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi hamda ijrosini taʼminlash uchun tegishli mutasaddilarga yuklatildi.

Oʻrganishlar davomida Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi A–378 xalqaro magistral yo‘li atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, yo‘l bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda zamonaviy servis shoxobchalarini qurish orqali aholini ish bilan taʼminlash va ularni daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish boʻyicha masʼullarga topshiriq va vazifalar berildi.

Teglar
- -