TAYINLOV: Nurobod tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Nurobod tumani hokimining tegishli qaroriga asosan, Mahamov Muslimjon Umirqulovich Nurobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muslimjon Mahamov 1990-yil Nurobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2013-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini (kunduzgi) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi agronomiya.
M.Mahamov ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish shoʻbasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
M.Mahamovning kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati




