insurez
23-12-2024 18:26

Tashqi reklama vositalari tartibga solinmoqda


Nurobod tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan tuman mahallalaridagi tadbirkorlar tomonidan tartibsiz, o‘zboshimchalik bilan shaharsozlik me’yorlariga amal qilinmasdan joylashtirilgan tashqi reklama vositalari va peshlavhalar tartibga keltirilmoqda.

Tadbirkorlarga "Reklama to‘g‘risidagi qonun" talablarini buzayotganliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berilib, bunday holatlarning takrorlanmasligi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hurmatli tadbirkorlar!

O‘z mahsulotlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilishlaringizni qat’iy so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik  bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi. 

U.Tilavov,
tuman hokimining maslahatchisi

Teglar
- -