Targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda
Nurobod tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularning hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishlariga ko‘maklashishga qaratilgan bir qator targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun tumandagi 2- sonli umumta'lim maktabida o‘tkazildi.
Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi J.Arslanov tomonidan yuqori sinf o‘quvchilarga Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqliligi, jamiyatda zo'ravonlik holatlarining oldini olish, tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ko'rsatiladigan yordamlar va ularga himoya orderi berish tartiblari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik muqarrarligi, korrupsiyaning davlat va jamiyat uchun ijtimoiy xavfli xususiyatlari, korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berish tartibi yuzasidan ma’ruza qilinib, tegishli tushuntirishlar berildi.