insurez
07-11-2025 11:43

Ta’lim, tibbiyot hamda barcha sohalar — korrupsiyadan xoli bo'lishi zarur


Bugun Nurobod tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi M.Buranov, DXX tuman bo‘linmasi rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov va tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, shuningdek, tibbiyot tizimi xodimlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiya holatlarining oldini olish, tizimlarda shaffoflikni ta’minlash va ijro intizomini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tuman rahbari korrupsiya jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi og‘ir illat ekanini ta’kidladi. Har bir rahbar va xodim bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi zarurligi uqtirildi.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Teglar
- -