Soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to'lash — har bir fuqaroning burchidir!
Hurmatli fuqarolar!
Ayni kunlarda Majburiy ijro byurosining Nurobod tuman bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni undirish yuzasidan sud va soliq inspeksiyasi qarorlariga asosan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, qarzdorlarning egaligidagi mol-mulklari, shuningdek, ish haqi va boshqa daromad manbalaridan undirish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ–131-sonli qaroriga muvofiq, qarzdorlarning qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonlari xatlanib, realizatsiya qilinishi choralari ham ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, qarzdorlarning yashash manzillaridagi mulklaridan tashqari qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini xatlash, transport vositalariga nisbatan taqiq va cheklovlar qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash kabi qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aziz tumandoshlar!
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar — davlat va jamiyat barqarorligining asosi, har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir.
Soliqlaringizni o‘z vaqtida to‘lang!
Aks holda, amaldagi qonunchilikka muvofiq sizning mol-mulkingiz, transport vositalaringiz, hatto qishloq xo‘jaligi yer maydonlaringiz ham xatlanishi, chet elga chiqish huquqingiz vaqtincha cheklanishi mumkin.
🟢 O‘z vaqtida to‘langan soliq — bu farovon hayot, barqaror kelajak va tinch jamiyat kafolati!




