“Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimizda hamda jahon miqyosida ro‘y berayotgan eng muhim siyosiy va ijtimoiy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilarga taqdim etildi.
Shuningdek, tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlarda ijro intizomi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, hujjatlar aylanishi va elektron tizimlardan foydalanish holati muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishlarda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Tuman Adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan topshiriq va chora-tadbirlar tahlil qilinib, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, kechiktirib bajarilgan vazifalarning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.




